Navoiyning ayrim hududlari 15 soat elektrdan uzilib qoldi
Holat yuzasidan rasmiylar izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi baʼzi hududlari 15 soat elektr energiyasidan uzilib qolgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Xatirchi tumani 35/10 «Shavot» podstansiyasidagi chiquvchi “Navro‘z” 10 kVli tarmoqning Do‘stlik va Tasmachi qishloqlari oralig‘idagi tayanchlarning birida nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli yuqoridagi aholi yashash punktlari kuchlanishsiz qolgan. Bundan tashqari, 35/10 kVli «Uchqara» podstansiyasidan chiquvchi «Mirdosh» 10 kVli havo uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab favqulodda o‘chgan. Natijada Oltinobod hamda Mirdosh mahallalari kuchlanishsiz qolgan.
Yuqoridagi hududlarda tezkor brigadalar tomonidan ish tashkil etilib, nosozliklar to‘liq bartaraf etilib tarmoqlarga kuchlanish berilgan.







