Timur Alixanov sevgilisi bilan orani ochiq qildi
Bloger o‘tgan yili qizga turmush qurishni taklif qilgandi.

Insta-bloger Timur Alixanov sevgilisi bilan orani ochiq qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida maʼlum qildi.
"Hayotda hamma narsa biz xohlagandek bo‘lmaydi. Yunetta va men endi birga emasmiz. Iltimos, hech qanday savol bermang. Men Yunetta samimiy inson ekanligini aytmoqchiman va unga faqat baxt tilayman", deb yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning kuzida internetda bloger o‘zining sevgilisi Yunetta Akopyanga turmush qurishni taklif qilgani haqida video tarqalgandi.







