10 mingdan ortiq fuqaro tegishli hujjatlarga ega emasligi aniqlandi
Respublika bo‘ylab "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi‘ huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Respublika bo‘ylab "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi‘ huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva maʼlum qildi.
Huquqiy aksiya doirasida:
— tug‘ilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslar;
— yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar;
— tug‘ilganligi yoki yaqin qarindoshining o‘limi haqidagi tibbiy maʼlumotnomaga ega bo‘lmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo‘lgan shaxslar;
— tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, 7701 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
12 734 nafar shaxslarga elektron raqamli imzo berish, “Mobile-ID” dan ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari sayyor shaklda ko‘rsatildi.
Aksiya 2024 yilning 20 mart kuniga qadar davom etadi.







