Jahon

AQSH Yaqin Sharqdagi nishonlarga yangi zarbalar berishini eʼlon qildi

Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi maʼlum qildi.

AQSH Yaqin Sharqdagi nishonlarga yangi zarbalar berishini eʼlon qildi

 

Qo‘shma Shtatlarning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, mamlakat Yaqin Sharqdagi "Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan" guruhlarga zarba berishda davom etadi.

 

Sallivan AQSH tomonidan Eronning xalqaro tan olingan hududiga zarba berishni istisno etmadi.

 

"Men shuni ayta olamanki, prezident bizning xalqimizga qilingan hujumlarga qatʼiy javob berish niyatida. Shunga qaramay, Prezident Yaqin Sharqdagi urushni kengaytirishga intilmayapti", — deya taʼkidladi Sallivan NBC telekanaliga bergan intervyusida.

 

Yanvar oyi oxirida Iordaniya — Suriya chegarasidagi AQSH bazasiga dronlar tomonidan berilgan zarbadan so‘ng Qo‘shma Shtatlarning uch nafar askari halok bo‘lgan edi.

 

Shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashi AQSHning Suriya va Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlarga havo hujumlari uyushtirgani munosabati bilan Rossiya iltimosiga ko‘ra, 5-fevral kuni Nyu-Yorkda favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi maʼlum bo‘ldi, deb yozadi AFP diplomatik doiralarga tayanib.

 

Nashrning yozishicha, Rossiya "tinchlik va xavfsizlikka tahdid tufayli" favqulodda yig‘ilish o‘tkazishni talab qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH Yaqin Sharqdagi nishonlarga yangi zarbalar berishini eʼlon qildi | Zamon.uz