O'zbekiston

Bu yil 21 ming km avtomobil yo‘llari taʼmirlanadi

Shuningdek, 30 donadan ortiq ko‘chma va statsionar tarozilar ishga tushiriladi.

Bu yil 21 ming km avtomobil yo‘llari taʼmirlanadi

Joriy yilda 21 300 km avtomobil yo‘llari va 315 ta ko‘priklar rekonstruksiya qilinadi va taʼmirlanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva maʼlum qildi.

 

Shuningdek, yo‘l ishlari bo‘yicha texnik topshiriq shartlarini ishlab chiqishda namunaviy loyiha andozalaridan voz kechilib, har bir loyihaga alohida yondashgan holda yo‘l qoplamalari konstruksiyalariga zamonaviy materiallar va texnologiyalar qo‘llaniladi.

 

Loyihadan obyektni topshirishgacha, shuningdek, ularni ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq barcha jarayonlarda talon-tarojlikka chek qo‘yish maqsadida tizim yaratiladi, bunda sohani raqamlashtirish bo‘yicha “Yagona elektron platforma”ni yaratish ishlari yakunlanadi va “test” rejimida ishga tushiriladi.

 

Sohaga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hududlarda 20 kmdan kam bo‘lmagan jami 260 km avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy sektor jalb qilinadi.

 

30 donadan ortiq ko‘chma va statsionar tarozilar ishga tushiriladi.

 

Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda A373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan 100 km qismida intellektual transport tizimini joriy etish ishlari olib boriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bu yil 21 ming km avtomobil yo‘llari taʼmirlanadi | Zamon.uz