Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz go‘sht aniqlandi
U “Termiz-Toshkent” yo‘nalishida to‘xtatib qolingan.

4-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli transport vositasi xodimlar tomonidan to‘xtatib tekshirilgan.
Avtomobil yukxonasida isteʼmolga yaroqsiz nomaʼlum hayvon go‘shti borligi aniqlanib, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga topshirilgan.







