Tramp sabab Ukrainaga yordam kamayib bormoqda
Ukrainadagi frontda vaziyat o‘ta jiddiy.

Financial Times nashriga ko‘ra, Tramp tufayli bu yil Ukrainaga yordam ko‘rsatishni ehtimoli kamayib bormoqda.
AQSHda prezidentlik saylovi noyabr oyida bo‘lishiga qaramay, Tramp Amerika tashqi siyosatiga allaqachon taʼsir o‘tkazmoqda. Uning ko‘rsatmasi bilan Kongressdagi respublikachilar Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. Kelgusi oylarda Qo‘shma Shtatlarning Kiyevga yordam ajratish ehtimoli kamayib bormoqda.
Shu bilan birga, Ukrainadagi frontda vaziyat o‘ta jiddiy, qo‘mondonlik kelajakdagi operatsiyalarni rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.







