Xorazmda daraxt kesgan fermer jinoiy javobgarlikka tortildi
U tabiatga 618,1 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Xorazmda daraxt kesgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gurlan tumanida joylashgan «X.O.» fermer xo‘jaligi rahbari N.X. tomonidan 81 tup tabiiy holda o‘suvchi, biologik sog‘lom turong‘il daraxtlari noqonuniy kesilganligi aniqlanib, tabiatga 618,1 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan «X.O.» fermer xo‘jaligi rahbari N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







