Eng dolzarb

Namanganda qalbaki dorilarni tayyorlab sotgan feldsher ushlandi

U 1000 dona “Zodak” dori vositasini sotuvga chiqarmoqchi bo‘lgan.

Namanganda qalbaki dorilarni tayyorlab sotgan feldsher ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Zodak”, “Anaferon”, "Xilak Forte" va "Vitamin B6" nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlash hamda sotish bilan shug‘ullangan feldsherni qo‘lga oldi

 

Taʼkidlanishicha, Chortoq tuman Tibbiyot birlashmasining tez yordam bo‘limi feldsheri 1000 dona qalbaki “Zodak” dori vositasini Andijon viloyatiga sotish maqsadida olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan. Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda dori vositalari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan yashirin sex borligi aniqlanib, 763 dona “Anaferon”, 2125 dona “Zodak”, 4000 dona "Vitamin B6" dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan flakonlar, qutilar, yo‘riqnoma va yorliqlar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Qayd etilishicha, mazkur shaxs tayyorlangan dori vositalarini saqlash uchun qarindoshining yashash xonadonidan ombor sifatida foydalangan. Tadbir davomida ushbu manzildan sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 120 dona “Zodak”, 260 dona “Anaferon”, 96 dona "Xilak Forte" hamda 313 dona nomsiz flakonlarda sirop holdagi dori vositalari topilgan.

 

Bildirilishicha, yashirin sexda tayyorlangan dori vositalari Andijon, Farg‘ona va Toshkent shaharlaridagi dorixonalarda sotuvga chiqarilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida feldsher 2023 yilning sentyabr oyidan buyon ushbu noqonuniy ish bilan shug‘ullanib kelganligi maʼlum bo‘ldi. Feldsherni Andijon viloyatida yashovchi fuqarolar Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan dori vositalari xom-ashyolari bilan taʼminlab turgan. Hozirda ularning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

 

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” va “e” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"