O'zbekiston

Prezident elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Taqdimotda bu bo‘yicha dastur ishlab chiqilishi belgilandi.

Prezident elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektromobil ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Mamlakatda avtomobilsozlik bo‘yicha katta tajriba va infratuzilma bor. Bugungi kunda 8 ta zavodda o‘nlab turdagi avtomobillar, yo‘lovchi va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Yana 2 mingdan ziyod korxonada kooperatsiya asosida butlovchi va ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda.

 

O‘tgan yili dekabrda bo‘lgan yig‘ilishda davlat rahbari elektromobillar hayotga tez kirib kelayotganini taʼkidlab, bu sohani o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergandi. Joriy yil yanvarda Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida Prezident “BYD” kompaniyasining bosh qarorgohida bo‘ldi. Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyiha boshlandi. Kompaniya rahbari bilan muzokara chog‘ida yaqin istiqbolda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 ming donagacha yetkazish bo‘yicha fikr almashilgan edi.

 

Bu zamon talab qilayotgan yo‘nalish. So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar ko‘paygan. 2023 yilda import qilingan avtomobillarning 35 foizini elektromobil va gibridlar tashkil qilgan.

 

Shu bois mutasaddilarga bu yo‘nalishdagi marralarni kengroq olib, loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. “BYD” kompaniyasi hamkorlarini jalb qilib, elektromobillar uchun butlovchi qismlarni o‘zlashtirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Mazkur yangi tarmoqda raqobatbardosh bo‘lish uchun, eng avvalo, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalar kerak. Shu bois Turin politexnika instituti, muhandislik markazlari, ilmiy institut va laboratoriyalarni o‘zaro bog‘laydigan yaxlit tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

 

Shuningdek, bu soha rivojlanishi bilan mutaxassis va ishchilarga talab ortadi. Yaqin uch yilda bu talab 10 mingga yetishi mumkin. Shuning uchun malakali kadrlar tayyorlashni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.

 

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilishi belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi | Zamon.uz