O'zbekiston

Qashqadaryoda traktori noqonuniy olib qo‘yilgan fermerga 355 million so‘m kompensatsiya undirib berildi

Bu haqda Biznes-ombudsman matbuot хизмати Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

Qashqadaryoda traktori noqonuniy olib qo‘yilgan fermerga 355 million so‘m kompensatsiya undirib berildi

 

Maʼlum qilinishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Qashqadaryo viloyatidagi sho‘basi tomonidan Nishon tumanida faoliyat yurituvchi “Samandar nur” fermer xo‘jaligi rahbari A.Boltayevning murojaati o‘rganilgan. Aniqlanishicha, MIB Nishon tumani bo‘limi tomonidan “Samandar nur” fermer xo‘jaligidan jami 35 million so‘m qarzdorlikni undirishga oid 2022 yil 1 fevraldan 23 oktyabrgacha 5 ta ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.

 

Biroq davlat ijrochilari tomonidan qarzdor ijro ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risidagi qarorlar bilan tanishtirilmagan holda, garovda turgan haydov traktori xatlanib, fermer xo‘jaligining dalasidan oldindan ogohlantirilmasdan auksionda sotish uchun olib ketilgan. Fermer qarzdorlik noto‘g‘ri hisoblanganini, oldindan bu haqda ogohlantirilganda, masalaga oydinlik kiritib, qarzini to‘lagan bo‘lishini bir necha bor taʼkidlashiga qaramasdan davlat ijrochilari bularni eʼtiborsiz qoldirgan.

 

Bundan tashqari, 35 million so‘mlik qarzdorlik uchun undiruv nomutanosib miqdordagi mulkka, yaʼni 977,5 million so‘m kredit mablag‘i evaziga sotib olingan traktorga qaratilib, olib ketilgan. 

 

Murojaatda qayd etilgan holatlar bo‘yicha davlat ijrochilarining harakatlarida qonun buzilishlari mavjudligi sababli biznes-ombudsman tomonidan MIBga qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, fermer xo‘jaligining manfaatida Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudiga davlat ijrochilarining xati-harakatlarini qonunga xilof deb topish hamda traktorni chiqarib berish majburiyatini yuklash haqida kiritilgan ariza ko‘rilishida vakil devoni xodimlari qatnashib, fermerning huquqlari himoya qilinishi natijasida ariza qanoatlantirildi.

 

Natijada 2022 yil 7 dekabrda traktor xatlovdan chiqarilib, A.Boltayevga topshirildi va uning buzilgan huquqlari qisman tiklandi. Biroq traktor noqonuniy ushlab turilgan 49 kun davomida yetkazilgan zarar masalasi ochiq qoldirildi. Shundan so‘ng fermer xo‘jaligi manfaatida javobgar MIB Nishon tumani bo‘limidan 355 million so‘m boy berilgan foyda-zararni undirish to‘g‘risida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

 

Sudning 2023 yil 7 apreldagi qarori bilan daʼvo asossiz rad etildi. Mazkur sud qaroriga nisbatan berilgan apellyatsiya shikoyati ham 2023 yil 3 avgustda Qashqadaryo viloyati sudi tomonidan qanoatlantirilmasdan qoldirildi. Shundan so‘ng fermer Oliy sudga murojaat qildi. Oliy sud kassatsiya instansiyasining 2023 yil 30 noyabrdagi qarori bilan fermer xo‘jaligi manfaatida berilgan kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilib, quyi sudlarning asossiz qarorlari bekor qilindi va ish yangidan birinchi instansiya sudida ko‘rish uchun Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborildi. Fermer vakil devoni xodimlari bilan birgalikda sud majlislarida ishtirok qilib, daʼvo talablari asosli ekanini isbotlab berdi.

 

Yaʼni traktor noqonuniy ushlab turilgan 49 kun (har bir kunga 7 million 260 ming so‘m boy berilgan foyda) uchun jami 355 million so‘m zarar yetkazilgani tuzilgan shartnoma va boshqa dalillar bilan to‘liq isbotlandi. Bugun, 5 fevral kuni Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ish ko‘rilib, fermer foydasiga Majburiy ijro byurosi Nishon tumani bo‘limidan 355million so‘m undirish to‘g‘risida qaror chiqarildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda traktori noqonuniy olib qo‘yilgan fermerga 355 million so‘m kompensatsiya undirib berildi | Zamon.uz