Qozog‘istonga yangi bosh vazir tayinlandi
Tegishli farmonni Qosim-Jomart Toqayev imzoladi.

43 yoshli prezident maʼmuriyati rahbari Qozog‘istonning yangi bosh vaziri bo‘ldi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev parlament raisi hamda “Amanat” partiyasi raisi Yerlan Koshanovning Bosh vazir lavozimiga O‘ljas Bektenov nomzodini qabul qildi. Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da, To‘qayev Qozog‘istonning yangi bosh vaziri nomzodini deputatlarga taqdim etish uchun Parlament yalpi majlisida ishtirok etdi.
O‘ljas Bektenov 43 yoshda, Olmaota shahrida tug‘ilgan. Qozog‘iston davlat yuridik akademiyasini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini Olmaota shahar Adliya boshqarmasida bo‘lim bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. Yillar davomida Bosh vazir devoni va Prezident administratsiyasida ishlagan. 2023 yilning aprelidan Prezident administratsiyasini boshqarib kelmoqda.







