Vengriya parlamentida Shvetsiyaning NATO aʼzoligi bo‘yicha ovoz berish jarayoni boykot qilindi
Hukmron partiya aʼzolari yig‘ilishga bormadi.

Orbanning Fidesz partiyasi deputatlari Shvetsiyaning NATOga aʼzoligi ratifikatsiyasi bo‘yicha parlament yig‘ilishini boykot qildi.
Mazkur masalasa ko‘rilishi kerak bo‘lgan yig‘ilishdan 199 deputatdan atigi 51 nafari qatnashdi. Bu esa ovoz berish jarayonini qonuniyligini taʼminlash imkonini bermadi.
Fidesz ovoz berishni va Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristerssonning Budapeshtga tashrifidan so‘ng va parlament qishki taʼtildan ishga qaytganidan keyingina o‘tkazish tarafdoriligini bildirgan.
Shvetsiyaning NATOga aʼzoligi 26-fevralga belgilangan parlament yig‘ilishida ratifikatsiya qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishini allaqachon ratifikatsiya qilgan va Vengriya bu masala bog‘liq bo‘lgan oxirgi davlat bo‘lib qolmoqda.







