Chilining sobiq prezidenti 74 yoshida ayanchli o‘lim topdi
Mamlakatda milliy motam e'lon qilindi.

Chili sobiq prezidenti Sebastyan Pinyera vertolyot halokatida vafot etdi. Bu haqda 6-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chili ichki ishlar vazirligi rahbari Karolina Toa ma’lum qildi. Amaldagi prezident Gabriel Borich milliy motam e’lon qildi va davlat dafn marosimini o‘tkazishni buyurdi.
Halokat Lago Ranko kommunasi hududida yuz bergan: vertolyotni o‘zi boshqarayotgan Pinyera kuchli yomg‘ir paytida boshqaruvni yo‘qotgan va bort Ranko ko‘liga qulagan. Vertolyotda sobiq davlat rahbaridan tashqari yana uch kishi bo‘lgan, ular omon qolgan va o‘zlari qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Favqulodda xizmat xodimlari Sebastyan Pineraning jasadini suvdan olib chiqqan.
Konservator Sebastyan Pinyera ikki marta, 2010-2014 va 2018-2022 yillarda Chili prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U 74 yoshda edi.







