Jahon

G'azo sektorida halok bo'lganlar soni oshib bormoqda

So‘nggi 24 soat ichida 107 nafar aholi Isroil hujumlari qurboniga aylangan.

G'azo sektorida halok bo'lganlar soni oshib bormoqda

 

Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumi natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 27 585 nafarga yetdi. Bu haqda 6-fevral kuni Gʻazo sektoridagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytiladi.

 

Hisobotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 107 nafar aholisi Isroil hujumlari qurboniga aylangan, 143 kishi jarohatlangan.

 

Boshqarmaning qayd etishicha, tibbiyot guruhlari va fuqarolik mudofaasi xodimlari Isroil harbiylarining to‘siqlari tufayli halok bo‘lganlar va yaradorlarga yetib bora olmayapti.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"