Janubiy Koreyalik yigit PUBG o‘ynagani uchun qamaldi
U armiyada xizmat qilishdan bosh tortgan.

Janubiy Koreyalik yigit PUBG o‘ynagani uchun qamaldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Ayyor yigit o‘zining patsifistik (har qanday urushda qatnashmaslik) qarashlarini ro‘kach qilib, armiyada xizmat qilishdan bosh tortgan. Biroq, sud u kun bo‘yi PUBG o‘ynashini va u yerda doimiy ravishda boshqa o‘yinchilarni otib tashlashi kerakligini aniqlagan - bu sudyada yigitning qarashlariga shubha uyg‘otgan.
Natijada, yigit xizmatdan bo‘yin tovlagani uchun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.







