Tokioda qalin qor yog‘ishi oqibatida 150 ga yaqin odam jabrlandi
Noqulay ob-havo sabab 30 ga yaqin ichki reyslar bekor qilingan.

Qutqaruvchilar seshanba kuni Tokioda yoqqan qor tufayli 130 dan ortiq odam kasalxonaga yetkazilganini maʼlum qildi.
Ko‘pchilik qor yog‘ishi tufayli yiqilib, jarohatlangan. Maʼlum qilinishicha, shikastlanganlar 4 yoshdan 92 yoshgacha bo‘lgan va ularning ahvoli hayot uchun xavfli emas.
Qo‘shni Kanagava prefekturasida 30 dan ortiq, Saytama prefekturasida esa 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.
JR East maʼlumotlariga ko‘ra, 6 ta tezyurar poyezd stansiyalarda yo‘lovchilar 10 soatdan ko‘proq vaqt davomida qolib ketgan. Buning natijasida 1 600 dan ortiq yo‘lovchilar tunda vagonlarda tunashga majbur bo‘lgan. Ulardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yetkazilgan.
Nippon Airways va Japan Airlines 30 ga yaqin ichki reyslar, asosan, Tokioning Xaneda aeroportidagi qatnovlarni bekor qildi.
Meteorologiya agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, dushanba kuni kechqurun Gumma prefekturasidagi Maebasida qor qalinligi 11 sm, Tokio markazi va Saytama shaharlarida esa 8 sm bo‘lgan.







