Toshkentda elektrobus haydovchisi qizil chiroqda harakatlandi
Holatga “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda YUTONG rusumli elektrobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanganligi to‘g‘risida tanqidiy video tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu elektrobus haydovchisi — 1972 yilda tug‘ilgan S.R.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.







