O'zbekiston

Avia va temir yo‘l chiptalari xaridida tanish-bilishchilik bormi?

Sohadagi kamchilik va yutuqlar haqidagi raqamlar ochiqlandi.

Avia va temir yo‘l chiptalari xaridida tanish-bilishchilik bormi?

 

2023 yilda mamlakatimizdagi 11 ta xalqaro aeroport va uchish-qo‘nish maydonchalari orqali 85 ming 702 ta aviaqatnov amalga oshirilib, 10 mln. 409 ming yo‘lovchiga, 70,870 ming tonna yuk va pochtaga xizmat ko‘rsatilgan. Aviakompaniyalar soni 9 tadan 15 taga yetkazilgan. Shuningdek, milliy aviaparkimizga xorijdan 28 ta havo kemasi olib kelinib, ularning umumiy soni 75 taga yetgan. O‘zbekistonning aviatashuvlar bozorida faoliyat yuritayotgan xorijiy aviakompaniyalar soni 40 taga yetkazilgan. Parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida rezident va xorijiy aviakompaniyalar tomonidan 20 ta yangi xalqaro yo‘nalishda qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.

 

Bundan tashqari, 2023 yilda temir yo‘l transportida mahalliy yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishlari 6 taga oshirilib, 29 taga yetkazilgan. Mazkur yo‘nalishlarda 44 ta yo‘lovchi poyezd harakatlangan bo‘lib, shulardan 6 tasi yuqori tezlikda harakatlanuvchi, 6 tasi tezyurar, 16 tasi yo‘lovchi poyezdlari hamda 18 tasi shahar atrofida harakatlanuvchi elektropoyezdlardir. 

 

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdlari “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida har kuni 3 ta, “Toshkent –Qarshi – Toshkent” yo‘nalishida haftasiga 10 ta, “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida har kuni 1 ta, “Toshkent – Shahrisabz –Toshkent” yo‘nalishida haftasiga 1 ta elektropoyezdlar o‘z tashuvlarni amalga oshirmoqda. Ushbu elektropoyezdning yo‘lovchi sig‘imi 286 o‘rinli bo‘lib, kuniga o‘rtacha 2,9 mingtadan 3,5 mingtagacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. 

 

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan Transport vazirligining “Avia va temir yo‘l transportlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshituvida aytib o‘tildi. 

 

Eshituvda deputatlar mazkur sohada ayrim kamchiliklar mavjudligini qayd etdi. Xususan, avia va temiryo‘l transporti uchun chipta xarid qilish jarayonida inson omili hanuz yuqori ekanligi, korrupsion va tanish-bilishchilik holatlarining borligi, vagonda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsata oluvchi mutaxassislar yo‘qligi, shahar atrofi hududlarga harakatlanuvchi zamonaviy tezyurar elektropoyezdlari qatnovi hanuzgacha yetarli darajada tashkil etilmaganligi tanqid qilindi. 

 

Bundan tashqari, charter va muntazam parvozlarni amalga oshirish hamda xorijiy aviatashuvchilarni O‘zbekiston aviatashuvlar bozoriga jalb etish bo‘yicha mezonlarning mukammal emasligi, fuqaro aviatsiyasi sohasini raqamlashtirish va o‘zaro integratsiyalashda mezonlarning belgilanmagani bo‘yicha eʼtirozlar bildirildi. 

 

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan eshituvda xalq vakillari avia va temir yo‘l transportlariga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib borayotganini qayd etib, avia va temir yo‘l tizimida tashuvchilarning qonunchilikda majburiyatlari va javobgarligini aniq belgilash, sohaga xususiy sektor va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha mutasaddilarga bir qator takliflarni berdilar. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Avia va temir yo‘l chiptalari xaridida tanish-bilishchilik bormi? | Zamon.uz