O'zbekiston

“Tez yordam”ning 3 ta hududiy filialiga “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi

Bu haqda SSV maʼlum qildi.

“Tez yordam”ning 3 ta hududiy filialiga “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi va "Jizzakh Auto" o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, “103” xizmatiga navbatdagi 30 dona A toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.

 

Bemorlar hayoti va sog‘ligini asrash, ularga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishda “Tez yordam”ning ahamiyati yuqori. Shu bois bugun yurtimizda mazkur soha butunlay transformatsiya qilinmoqda. Tizimning moddiy-texnik bazasi yangilanib, kadrlar salohiyati oshirilyapti.

 

Ayniqsa, “103” xizmatini barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy avtotransport vositalari bilan taʼminlash borasidagi keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida so‘nggi yillarda mazkur yo‘nalishda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati sezilarli darajada ortdi.

 

🟡 Raqamlarga murojaat qilsak, 2023 yil yanvar-fevral oylarida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki yurtimizda ishlab chiqarilgan 227 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari bilan boyidi.

 

Shuningdek, o‘tgan yil avgust oyida 50, sentyabr oyida 100, oktyabr oyida 100, noyabr oyida esa yana 108 dona ana shunday avtoulovlarning yangi partiyasi ehtiyojga qarab Respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallariga taqdim etildi.

 

2023 yil so‘ngida “Jizzakh Auto” kompaniyasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi uchun mazkur rusumdagi avtomashinalarning navbatdagi 100 dona yangi partiyasi taqdim etildi.

 

Aytish lozimki, bu galgi 30 ta avtoulov Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyati filiallariga mavjud ehtiyojga qarab taqsimlanadi. Natijada tizimdagi bunday avtotransport vositalari soni jami 800 dan oshadi.

 

Rejaga ko‘ra, joriy yil mart oyigacha yana 170 ta “Volkswagen Caddy” rusumidagi tez tibbiy yordam avtomashinalari hududlarga topshiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Tez yordam”ning 3 ta hududiy filialiga “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi | Zamon.uz