O'zbekiston

Toshkent metrosining 2 ta yangi bekati qachon ochilishi izohlandi

Transport vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkent metrosining 2 ta yangi bekati qachon ochilishi izohlandi

 

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, sinov jarayonlari shu yilning 15 mart kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ishlar yakunlangach, yerusti metro liniyasining “Turon” va “Qipchoq” bekatlarini o‘z ichiga olgan uchastkasi foydalanishga topshiriladi. 

 

“Bugungi kunda yerusti metro liniyalarini qurish, foydalanishga topshirish, topshirish oldi sinov jarayonlarini o‘tkazish o‘rganilgan xorij tajribasi natijalaridan kelib chiqib, shuningdek, sinov jarayonlarini o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan meʼyoriy texnik talablar asosida amalga oshirilmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan “Turon” va “Qipchoq” metro bekatlarining qurilishi 2023 yil so‘ngida yakunlanib, 15 dekabr kuni poyezdlar harakati sinov tariqasida boshlangan edi.

 

Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti halqa yo‘li jami 7 ta metro bekatini o‘z ichiga olgan. Uning qurilishi 2020 yilning dekabr oyidan boshlangan. 2023 yil aprel oyida bekatlarning 5 tasi aholiga foydalanishga topshirilgandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent metrosining 2 ta yangi bekati qachon ochilishi izohlandi | Zamon.uz