Bir haftada 40 ga yaqin ukrain askarlari taslim bo‘ldi
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Bir hafta ichida 36 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi asir sifatida rus qo‘shinlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“4 fevraldan 10 fevralgacha 36 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi taslim bo‘ldi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, uchuvchilar, artilleriyachilar, raketachilar va dron operatorlari Ukraina Qurolli kuchlarining sakkizta o‘q-dorilar omborini yo‘q qilgan.







