Farg‘onadan Olmaotaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamkulovni qabul qildi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamkulovni qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Qozog‘iston o‘rtasida hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini bugungi holati tahlil qilindi, rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. Viloyat rahbari tekstil-trikotaj, kimyo sanoati, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash, charm-poyabzal sanoati kabi sohalarning viloyatimiz iqtisodiyotida katta o‘rin tutishini aytib, bu sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rtaga tashlagan.
Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Farg‘ona shahrida Olmaotaga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham uchrashuv kun tartibidan o‘rin oldi. Farg‘ona viloyatlari rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning yaqin oylarda Qozog‘istonning qator yirik viloyatlariga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.







