Qoraqalpog‘istonda salkam 15 ming isteʼmolchi elektrdan uzilib qoldi
Energetika vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bugun, 10 fevral kuni soat 18:44 da Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 110 kv kuchlanishli «L-Nukus-2» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Nukus shahri, Chimboy, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Kegeyli va Nukus tumanlari isteʼmolchilari qisman (14 ming 500 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Unga qadar o‘chiq turgan isteʼmolchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari ko‘rilyapti. Qisqa vaqt ichida ushbu hudud isteʼmolchilarining elektr taʼminoti qayta tiklanadi.







