Jahon

Xitoy taʼlim tizimiga bir nazar: Tartib va masʼuliyat muvaffaqiyati

Xitoy madaniy inqilob (1966-1976)dan so‘ng taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar sabab qayta oyoqqa turdi va hayratlanarli natijalarga erishdi.

Xitoy taʼlim tizimiga bir nazar: Tartib va masʼuliyat muvaffaqiyati

 

Xitoy madaniy inqilob (1966-1976)dan so‘ng taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar sabab qayta oyoqqa turdi va hayratlanarli natijalarga erishdi. Inqilobdan beri oradan salkam yarim asr (47 yil) vaqt o‘tdi, ammo mamlakatning dunyoga berayotgan sabog‘i asrlarga tatigulik bo‘lmoqda. Bundan yarim asr avval butunlay o‘zligidan mosuvo bo‘lgan davlat qanday qilib bugun eng ilg‘or, yetakchi mamlakatlar safida? Balki hamma gap taʼlimdadir?

 

Maktabgacha taʼlim

 

Xitoyda maktabgacha taʼlim tizimi 1985-yildagi taʼlim islohotida belgilangan tamoyillar asosida tashkil etilgan. Unga ko‘ra, maktabgacha taʼlim muassasalarini davlat korxonalari, ishlab chiqarish guruhlari, shahar hokimiyatlari, jamoalar va ijtimoiy guruhlar otaliqqa olishi kerak. Hukumat maktabgacha taʼlimga homiylik qilish xususiy va turli davlat tashkilotlarining ijtimoiy xizmatlaridan biri ekanini eʼlon qildi. Shuningdek, o‘sha yilgi islohotda maktabgacha taʼlimni pullik tashkil etish va pedagog kadrlar tayyorlash mexanizmini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Xitoylik bolalar odatda 3-6 yoshgacha bog‘chaga boradilar. Tarbiyachilar albatta boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchisi maqomiga ega bo‘lishi lozim. Asosiy eʼtibor bolaning o‘yin o‘ynashi yoki dam olishiga emas, intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratiladi.

 

Boshlang‘ich taʼlim

Olti yoshga to‘lgan bolalar anʼanaviy tarzda boshlang‘ich maktabga yuboriladi. Biroq, Xitoyning baʼzi qishloq joylari, chekka hududlarida bolalar 7 yoshida o‘qish va yozishni o‘rganishni boshlaydilar. Boshlang‘ich taʼlim mamlakatning barcha fuqarolari uchun majburiydir. O‘qish muddati – 6 yil. Darslar asosan xitoy tilida olib boriladi, ammo hududdagi millat xususiyatlaridan kelib chiqib, ayrim maktablar boshqa tilga ixtisoslashadi. Standart o‘quv yili ikki semestrdan iborat bo‘lib, sentyabrdan iyulgacha davom etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari besh kun davomida xitoy tili, matematika, jamiyatshunoslik, tabiatshunoslik, jismoniy tarbiya, mafkura va axloq, musiqa, tasviriy sanʼat hamda mehnat kaba majburiy fanlarni o‘rganadilar. Boshlang‘ich taʼlim bosqichida chet tillarini o‘rganish bola va ota-ona ixtiyorida qoladi. 1990-yilgacha boshlang‘ich sinf bitiruvchilari xitoy tili va matematikadan imtihon topshirib, keyingi o‘rta taʼlimga o‘tishgan. Hozirda bu qoida bekor qilingan.

 

O‘rta taʼlim (1-bosqich)

 

Xitoyning o‘rta taʼlim tizimi shartli ravishda ikki bosqichdan iborat - quyi (birinchi) va yuqori (ikkinchi). Pastki bosqich 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan uch yillik o‘qish uchun mo‘ljallangan va majburiy taʼlimning yakuniy bosqichidir.

Ota-onalar oldida farzandini o‘rta maktabga berish uchun 3 ta tanov bor:

 

  • Kompyuter bazasi orqali – tasodifiy yuborilish. Shu tarzda tanlangan muassasalar faqat standart taʼlim sharoitlarini kafolatlaydi).
  • Mustaqil tanlov – ota-ona va bola ehtiyojlarini qondiradigan yaxshi infratuzilma va xizmatlarga ega maktab topish imkonini beradi. Biroq, bu holda, qo‘shimcha xizmatlar tufayli taʼlim xarajatlari ortadi.
  • Yo‘llanma orqali – yashash hududiga yaqin joydagi maktab uchun yo‘llanma transport xarajatlarini tejaydi, lekin doim ham kerakli taʼlim sifatini kafolatlamaydi.

 

O‘rta taʼlimning 1-bosqichida (3 yil) xitoylik o‘quvchilar kamida 13 ta asosiy fanni o‘rganadi: xitoy tili, matematika, ingliz tili, fizika, kimyo, tarix, siyosatshunoslik, geografiya, biologiya, informatika, musiqa, chizmachilik, jismoniy tarbiya. O‘quv yili oxirida yakuniy imtihonga kirish uchun barcha fanlardan kamida 60 ball to‘plash shart. O‘rtacha 60 ball to‘play olmagan o‘quvchilar ikkinchi yilga qoldiriladi. Odatda imtihon xitoy tili, matematika, fizika, kimyo, ingliz tili va siyosatshunoslikdan olinadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish va sertifikatga ega bo‘lish Xitoydagi majburiy taʼlim bosqichini yakunlaydi. Keyinchalik, qo‘shimcha o‘rta taʼlimning yuqori bosqichiga yo‘l ochiladi.

 

O‘rta taʼlim (2-bosqich)

 

Yuqori o‘rta taʼlim darajasida (15–19 yosh) abituriyentlarga taʼlimning 2 turi taklif etiladi: akademik yoki kasbiy. Taʼlimning bu bosqichi pulli hisoblanib, yillik o‘rtacha narx 4-6 ming yuan ()ni tashkil qiladi.

Yuklama shu qadar ko‘pki, hukumat tomonidan dam olish kuni (shanba, yakshanba) deb belgilangan ikki kun ham ertadan-kechgacha qo‘shimcha darslar o‘tkaziladi.

 

Maxsus taʼlim

 

Yuqori o‘rta maktablar mohiyatan maxsus taʼlim muassasalaridir. Bunday taʼlim maskanlari bitiruvchilarining aksariyati malakali mutaxassislardir. Shu bilan birga, xuddi shu taʼlim darajasi oliy taʼlim dasturlari doirasida o‘qishni davom ettirish uchun boshlang‘ich maydondir. Xitoy Taʼlim vazirligi o‘rta maktab bitiruvchilari uchun NCEE  (Iqtisodiy taʼlim bo‘yicha Amerika milliy kengashi) dasturlariga va mamlakatdagi istalgan universitetga kirish imkoniyatini yaratdi.

Xitoyda maxsus taʼlim yoshi 35-40dan oshganlar, tug‘ma nuqsoni bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular uchun maxsus oliy va masofaviy taʼlim maktablari ochilgan.

 

Oliy taʼlim tizimi

 

Bugungi kunda Xitoyda 2,5 mingga yaqin oliy o‘quv yurtlari mavjud bo‘lib, ularda 20 milliondan ortiq talaba, shu jumladan chet elliklar tahsil oladi. Anʼanaga ko‘ra, oliy taʼlim muassasalariga 18 va undan katta yoshdagi abituriyentlar qabul qilinadi. Bunda abituriyent kasb-hunar, texnik, akademik taʼlimni yoki oliy taʼlimga tayyorgarlik kursini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Xitoy oliy taʼlim tizimi Rossiya modeliga juda o‘xshash. Dunyodagi boshqa oliy taʼlim tizimlari singari Xitoy universitetlari ham bakalavrlar, magistrlar va fan doktorlarini tayyorlaydi. Bakalavr taʼlim dasturi 4 yil, magistratura 3 yil, doktorantura 3-5 yil davom etadi.  

Xitoy oliy taʼlim tizimi turli tipdagi bir qator muassasalardan (universitetlar va kollejlar) iborat:

 

umumiy va texnik;

ixtisoslashgan;

professional;

harbiy;

tibbiy.

 

Xitoy universitetlarida kirish imtihonlari juda ayovsiz kechishi kelgusida yaxshi kadrlar yetishtirish, puchagini puchakka chiqarish bilan izohlanadi. Ammo chet ellik talabalar uchun ayrim yengilliklar mavjud.

Oliy taʼlim tizimi uchun o‘quv yili ikki semestrga bo‘lingan. Birinchi semestr sentyabr oyining boshida boshlanib, 20 hafta davom etsa, ikkinchi semestr fevral oyining o‘rtalaridan to 20 haftaga cho‘ziladi. Yozgi va qishki taʼtillarni hisobga olmaganda, o‘qishning butun davri uchun talabalarga 4 kun dam beriladi: Yangi yil (1 kun) va Milliy bayram (3 kun).

 

Xitoyda o‘qish qanchaga tushadi?

 

Xitoydagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishning umumiy qiymati ro‘yxatga olish va taʼlim to‘loviga bo‘linadi. Oliy taʼlim dargohi turi va obro‘siga qarab, ikkala miqdor ham farq qilishi mumkin. Aksariyat hollarda ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi 90-200 dollarni, yillik o‘qish to‘lovi esa 3300-9000 dollarni tashkil qiladi.

 

Tabiiyki, bu miqdorga yashash xarajatlari ham qo‘shiladi. Talabalar uchun Pekin, Shanxay, Guanchjou kabi shaharlarda yashash narxi oyiga taxminan 700–750 dollar, boshqa hududlarda esa 250-550 dollar atrofida o‘zgarib turadi.

 

Xitoy taʼlim tizimidagi “+ va -” lar

 

Xitoy taʼlim tizimining asosiy maqsadi talabalarni ilmiy asos bilan taʼminlash, ularni kelajak kasbiga tayyorlash va ijtimoiy masʼuliyat hissini shakllantirishdan iborat. Bu tizim, shuningdek, meritokratiya, adolat va tenglik kabi bir qator asosiy tamoyillarga ega.

Xitoy taʼlim tizimining asosiy kuchli tomonlaridan biri, bu – akademik mukammallikka urg‘u berish va muvaffaqiyatli mutaxassislarni yetishtirib chiqarishdir. Oliy taʼlim tizimining asosi yuqori raqobatga qurilganini kadrlarning o‘z ilmiy va ijodiy salohiyatlarini namoyon eta olish qobiliyatini ham rivojlantiradi, deb ijobiy izohlaydilar.

Xitoy taʼlim tizimining salbiy tomonlari talabasha o‘quv yuklamasining haddan ortiq ko‘pligi, doimiy bosim va stressda yurishi, deyarli dam olishga vaqt ajratilmasligi, tanqidiy fikrlash va tahlildan ko‘ra yod olish tendensiyasiga asoslanganligida ko‘rinadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Xitoy yoshlaridagi taʼlimga masʼuliyat, tartibga rioya etish va birinchi bo‘lishga intilish ularning yoshligidan qon-qoniga singdirilgan. Bu odat endilikda fazilatga, fazilat esa xarakterga aylanib, butun dunyo xitoy millatining qiyofasini Masʼuliyat, Tartib va G‘alaba timsolida ko‘ra boshladi.

 

Sevara Alijonova,

O‘zJOKU stajyor-tadqiqotchisi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoy taʼlim tizimiga bir nazar: Tartib va masʼuliyat muvaffaqiyati | Zamon.uz