Fransiyada yana bir tarixiy suratga sho‘rva uloqtirildi
Bu ekologiya buzilishini oldini olishga qaratilgan harakat sifatida baholangan.

“Food Response” harakatining eko-faollari Lion Tasviriy sanʼat muzeyida rassom Klod Monening “Bahor” kartinasiga sho‘rva to‘kishdi.
Dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu sanʼat asari shisha bilan himoyalangan. Hozirda zal yopilgan va rasm yaqin kunlarda mutaxassis tomonidan tekshiriladi.
Asarga zarar yetkazgan yosh ayollar buni mamlakatdagi ekologiyaning buzilishini oldini olishga qaratilgan chora sifatida baholagan.







