O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi birinchi eko-universitet ochildi
U Toshkent viloyatida joylashgan.

Toshkent viloyatida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti — Green Universityʼning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi bo‘lib, Hub and Spoke tamoyili asosida faoliyat olib boradi. Ushbu model strategik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka, yaxlit o‘quv tizimini yaratishga, resurslarni optimallashtirishga, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligiga asoslanadi, shuningdek, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish, bilim va tajriba almashishga yordam beradi.
Hozirgi kunda hamkorlik uchun universitetga Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, AQSH va boshqa davlatlar xalqaro universitetlarining turli professorlarini faol jalb etmoqda.







