Toshkent viloyatida tunda mashina shinalarini yechib ketayotgan jinoiy guruh ushlandi
Hozirda ular protsessual tartibda ushlangan.

Toshkent viloyatida Tungi vaqtda avtomashina shinalarini yashirin ravishda yechib, mashinalarni g‘ishtlarga o‘tqazib, shinalarni pullayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.
Maʼlum bo‘lishicha, Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.I. tengdoshi J.A. va sherigi 1997 yilda tug‘ilgan N.N.lar bilan birgalikda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida o‘nga yaqin «Cobalt» avtomashinalarining shinalarni tunda kelib yashirin ravishda yechib olib, sotib yuborgan va pullarini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatishgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqorida qayd etilgan shaxslar protsessual tartibda qo‘lga olinib, ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «B» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.







