Kaliforniyada 10 dan ortiq zilzila yuz berdi
Hozircha vayronagarchiliklar haqida maʼlumot yo‘q.

AQSHning Kaliforniya shtatida 25 daqiqa ichida 10 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi. Eng kuchli zilzila magnitudasi 4,8 ballni tashkil etdi, deb xabar berdi AQSH Geologiya xizmati.
Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumot yo‘q.
Birinchi silkinishlar mahalliy vaqt bilan soat 8:36 da qayd etilgan, manba El Sentro shahridan uch kilometr uzoqlikda, 18,9 kilometr chuqurlikda joylashgan. Shundan so‘ng yana 12 ta yer silkinishi sodir bo‘ldi.







