“Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
Issiqxonalarda mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi.

Issiqxonalarda mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvalash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilab olindi.
Issiqxona xo‘jaliklarini kreditlash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. Prezident yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘ydi.
Ushbu maqsadlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.







