O'zbekiston

"O‘zgidromet" shoshilinch axborot eʼlon qildi: O‘zbekistonda yana qor yog‘ishi mumkin

18-19 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari –8 darajagacha pasayadi.

"O‘zgidromet" shoshilinch axborot eʼlon qildi: O‘zbekistonda yana qor yog‘ishi mumkin

 

O‘zbekistonda havo harorati sovuq darajaga tushishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zgidromet" bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17–19 fevral kunlari esa respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

 

16 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 fevral kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17–18 fevral kunlarida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi.

 

16–18 fevral kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17–22 metr/sekundga yetadi, baʼzida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

 

18–19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari –3...–8 darajagacha, kunduz kunlari 0...–3 darajagacha pasayadi. Shimolda 17–19 fevral kunlari harorat kechalari –13...–16 daraja, kunduz kunlari –5...–8 daraja bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"O‘zgidromet" shoshilinch axborot eʼlon qildi: O‘zbekistonda yana qor yog‘ishi mumkin | Zamon.uz