Jahon

Zilziladan so‘ng bir yilda Malatyada nimalar qilindi?

Bu bo‘yicha viloyat gubernatori jurnalistlarga maʼlumot berdi.

Zilziladan so‘ng bir yilda Malatyada nimalar qilindi?

 

Turkiyada zilziladan keyin amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan kelgan jami 34 nafar OAV vakillari safarning uchinchi kuni Malatya viloyatida bo‘lishdi.

 

Malatya gubernatori Ersin Yaazachi qardosh xalqlar matbuot vakillari bilan muloqotda bo‘layotganidan xursandligini bildirib, viloyatda tabiiy ofat zararlari va uni bataraf etish yo‘lidagi chora-tadbirlar xususida so‘z yuritdi.

 

Gubernatorning taʼkidlashicha, sog‘liqni saqlash tizimidagi katta shifoxonalar zarar ko‘rmagan. Shu sababli ular bir maromda o‘z faoliyatini davom ettirgan.

 

Viloyatdagi 46 ta maktab tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan, 2 tasi vayron bo‘lgan. 855 ta sinfxonaga shikast yetgan. Ayni paytda 1600 ta sinfxona taʼmirlanmoqda, ularning 500 tasi foydalanishga tayyor bo‘lgan.

 

Aholiga ham moddiy, ham maʼnaviy yordam berish ishlari davom ettirilmoqda. Shu davrga qadar zilziladan aziyat chekkan fuqarolarga 6,1 milliardlik moddiy yordam, har oyda 5 ming liradan “Esen” plastik kartalariga pul tushirib berilmoqda. Shuningdek, zilzila natijasida ruhiy jarohat olganlar bilan psixologlar, ekspertlar va din vakillari shug‘ullanishmoqda.

 

Gubernator Malayatda hayot davom etayotgani, bir-ikki yilda o‘z maromiga tushib ketishini, boshqa joylarga ko‘chib ketganlar yana qaytishiga umid bildirdi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Zilziladan so‘ng bir yilda Malatyada nimalar qilindi? | Zamon.uz