Buxoroda jurnalistga suiqasd qilindi
Holat bo‘yicha BP rasmiy bayonot berdi.

Buxoro viloyatida jurnalist hayotiga suiqasd qilindi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 6 fevral kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida joylashgan kafeda “TAFTISH.UZ” axborot agentligi muxbiri O‘.T. tanishi A.A. bilan oldindan o‘rtada nizo bo‘lganligi bois kelishmovchilik yuzaga kelgan va A.A. oshxona pichog‘i bilan O‘.T.ning qorin qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani prokuraturasi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1 - qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 fevral kuni unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jabrlanuvchi O‘.T. shifoxonada davolanmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Ҳозирда жабрланувчи Ў.Т. шифохонада даволанмоқда. Дастлабки тергов ҳаракатлари давом этмоқда.







