O'zbekiston

Prezident “OTP” banki boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Uchrashuv yakunida raisga “Do‘stlik” ordeni topshirildi.

Prezident “OTP” banki boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

 

Bugun, 13 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.

 

Uchrashuvda bank-moliya sohasidagi, shu jumladan “OTP” guruhiga davlatning “Ipoteka-bank”dagi ulushini sotish bo‘yicha bitim doirasidagi hamkorlikning ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Davlat rahbari bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali ularning sifatini oshirish, kichik va oilaviy biznes uchun innovatsion va hamyonbop moliyaviy mahsulotlarni joriy qilish, xodimlarni Yevropaning eng namunali amaliyotlariga o‘qitish muhimligini taʼkidladi.

 

Vengriyaning yetakchi kompaniyalari bilan, shu jumladan Toshkent viloyatida ular uchun tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zona negizida qishloq xo‘jaligi, vinochilik, irrigatsiya, kimyo, farmatsevtika va sanoatning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani yana-da chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shandor Chani, o‘z navbatida, Vengriya biznesi mamlakat bozoridagi faoliyatini jadal kengaytirishga tayyorligini tacdiqladi.

 

Uchrashuv yakunida “OTP” banki boshqaruvi raisi uning faoliyatiga berilgan yuksak eʼtirof hamda o‘ziga davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni topshirilgani uchun O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident “OTP” banki boshqaruvi raisi bilan uchrashdi | Zamon.uz