Estoniya Rossiya bilan chegarasini yopishga tayyorlanmoqda
Bu bo‘yicha ogohlantiruvchi varaqalar tarqatila boshlagan.

The Moscow times nashriga ko‘ra, chegarachilar rossiyaliklarga yaqin kelajakda Rossiya–Estoniya chegarasi yopilishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi varaqalar tarqata boshlagan.
So‘nggi haftalarda Moskva Estoniya chegarasiga Yevropa Ittifoqiga kirishga qonuniy huquqi bo‘lmagan muhojirlarni ataylab yuborishni tashkillashtirmoqda. Agar bu faoliyat davom etsa, biz ikki mamlakat o‘rtasidagi chegara o‘tish punktlarini yopishga majbur bo‘lamiz, deyiladi xabarnomada.







