O‘zbekiston elchisi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi
Vazirlik Sherzodxon Qudratxo‘janing ruslar haqida aytgan gaplari yuzasidan norozilik bildirgan.

Avvalroq O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekistonda yashab o‘zbek tilini bilmaydigan ruslarni bosqinchilar deb aytgandi.
Shu so‘zlardan keyin O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va rektorning gaplari yuzasidan norozilik bildirgan.
Rossiya tomoni bu kabi mulohazalar mamlakatlar o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlariga zid ekanligini taʼkidlagan.







