O'zbekiston

Prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

Endi mahalladagi “yettilik” oilalardagi ijtimoiy muammoning sababini aniqlab, ularni og‘ir vaziyatdan olib chiqish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni safarbar qiladi.

Prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi.

 

Mamlakatda aholining ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor qaratilib, ijtimoiy xizmat turlari va ko‘lami kengaytirib kelinmoqda. 2023 yil 1 iyunda davlat rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.

 

O‘tgan davrda Agentlik tomonidan ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va manzilliligi joylarga chiqib o‘rganildi. Bu jarayonda tizimni mahalla darajasida adolatli tashkil etish, to‘g‘ri moliyalashtirish, og‘ir ahvolga tushib qolgan odamlarning ijtimoiylashuviga ko‘maklashishda kamchiliklar borligi ayon bo‘ldi.

 

Taqdimotda ushbu muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Ularga ko‘ra, endi mahalladagi “yettilik” oilalardagi ijtimoiy muammoning sababi, ularga taʼsir qiluvchi omillar aniqlaydi, mavjud imkoniyatlar baholab, ularni og‘ir vaziyatdan olib chiqish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni safarbar qiladi.

 

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan yordamlarni oilaning ijtimoiy ahvolini individual baholash asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, hayotga samarali joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya talablarini hayotga tatbiq etishni izchil davom ettirish, jumladan, nogironligi bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish, jamiyatga integratsiya qilish, sifatli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha takliflar bilan tanishdi | Zamon.uz