Samarqandda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchilar ushlandi
Ular maʼmuriy bayonnomalarni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan.

Joriy yilning 16 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida Cobalt avtomobilini hech qanday hujjatlarsiz boshqargan haydovchi YPX xodimiga maʼmuriy bayonnomani yo‘q qilish hamda mashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 400 dollar berayotganda qo‘lga olingan.
Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida Cobalt mashinasini mast holatda boshqarib qo‘lga tushgan haydovchi YPX xodimiga maʼmuriy bayonnomani yo‘q qilish hamda mashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 400 dollarni pora sifatida berayotganida qo‘lga olingan.







