Ziroat Mirziyoyeva FAO Bosh direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi
Muloqotda ekologik masalalar muhokama qilingan.

“Zamin” fondi Vasiylar kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning FAO Bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda biologik xilma-xillikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik taʼlimni ilgari surish bilan bog‘liq qo‘shma loyiha va tashabbuslarni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ongli isteʼmol qilish bo‘yicha saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi hamda barqaror ekologik masʼuliyatli xulq-atvorni shakllantirish muhimligini taʼkidladilar.







