O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Andijondagi qozonxonaga bordi

U yaqinda imtiyozli xorijiy kredit evaziga rekonstruksiya qilingandi.

Shavkat Mirziyoyev Andijondagi qozonxonaga bordi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi markaziy qozonxonani borib ko‘rdi.

 

U yaqinda imtiyozli xorijiy kredit evaziga rekonstruksiya qilinib, Xitoyda ishlab chiqarilgan 3 ta energiya tejamkor qozonlar o‘rnatilgan. 28 kilometr issiqlik quvurlari yotqizilib, 373 dona individual issiqlik punktlari tashkil etilgan. Shuningdek, 2 ming kilovatt quvvatli transformator o‘rnatilib, yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tortilgan. 

 

Natijada shahardagi 271 ta ko‘p qavatli uy va 30 ta ijtimoiy obyekt markazlashgan issiq suv va issiqlik taʼminotiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, bir yilda 16 million metr kub tabiiy gaz, 2 million kilovattdan ziyod elektr energiyasi tejab qolinadi.

 

Shu yerda 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi loyihalar haqida axborot berildi. Unga ko‘ra, Andijon shahridagi yana  5 ta qozonxonani rekonstruksiya qilish, 33 kilometr issiqlik tarmoqlarini qurish va 114 ta ko‘p qavatli uyning ichki isitish tizimlarini yangilash rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari bu loyihalarni jadallashtirib, aholini barqaror issiqlik bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Andijondagi qozonxonaga bordi | Zamon.uz