O'zbekiston

“Tadbirkorlarimizda ong o‘zgardi, ishonch ortdi”

Prezident Andijonning mebelsozlik salohiyatini ko‘zdan kechirdi.

“Tadbirkorlarimizda ong o‘zgardi, ishonch ortdi”

 

Davlat rahbari “Andijon sanoat xabi”da viloyatda ishlab chiqarilayotgan mebellar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

 

Andijon viloyatida 377 ta mebelsozlik korxonasi faoliyat yuritmoqda. So‘nggi 5 yil davomida mazkur yo‘nalishda 35 million dollarlik 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 3 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Mebel ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 15 barobarga ortgan.

 

Mebelsozlar uchun soliq, bojxona to‘lovlari bo‘yicha qator imtiyozlar joriy etilganligi, eksportdagi xarajatlar hamda xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ish haqining qisman qoplab berilishi soha vakillariga katta rag‘bat bo‘lmoqda.

 

Bugungi kunda yiliga 300 milliard so‘mlik mahsulotlar tayyorlanib, mintaqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda. 

 

Prezident shunday korxonalar taʼsischilari bilan suhbatlashdi.  

 

- O‘tgan yillardagi eng katta yutuqlardan biri tadbirkorlarimizda ong o‘zgardi, ishonch ortdi. Bugun raqobatdosh bo‘lib, dunyoga chiqyapti. Bular ham faoliyatini oddiy ishdan, mahalladan boshlagan. Boshqalar ham shunday qilsa bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu yerda aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash,  bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. 

 

Andijon viloyatida 41 ta mahalla mebelsozlikka ixtisoslashgan. Masalan, Oltinko‘l tumanidagi Ijtimoyat mahallasida 490 ta xonadonda mebel tayyorlash kooperatsiya usulida yo‘lga qo‘yilgan.

 

Bundan tashqari, yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va o‘zini o‘zi band qilgan hunarmandlar ham ko‘p. minglab yoshlar “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida hunar o‘rganmoqda.

 

Shu bois mebelchilikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Andijon va Oltinko‘l tumanlarida bunga ixtisoslashgan 2 ta sanoat zonasi tashkil etilmoqda.

 

Ushbu tajriba asosida viloyatdagi 909 ta mahallaning imkoniyatlarini o‘rganib, serdaromad yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish choralari muhokama qilindi. Buning uchun davlat tomonidan infratuzilma yaratilib, moddiy-tashkiliy jihatdan ko‘mak beriladi. Maqsad - Andijon viloyatini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirishga intilish.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.