60 va undan yuqori yoshda ota bo‘lganlar soni maʼlum bo‘ldi
Statistika agentligi bu haqdagi maʼlumotlarni ochiqladi.

2023 yilda O‘zbekiston Respublikasida 60 va undan yuqori yoshda 819 nafar erkaklar farzandli bo‘lgani qayd etilgan.
2023 yilda 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 651 nafarga etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 449 nafar erkaklar 60 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lishgani qayd etilgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 2 767 nafarga yetgan.







