O'zbekiston

Andijon tumanida organik chiqindidan 100 ming tonna o‘g‘it chiqaradigan zavod quriladi

Shuningdek, Asakada chiqindini qayta ishlab, yiliga 2 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

Andijon tumanida organik chiqindidan 100 ming tonna o‘g‘it chiqaradigan zavod quriladi

 

Ayni paytda Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

 

Davlatimiz rahbari viloyat jadal surʼatda rivojlanayotgani, sanoati bo‘yicha respublikada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilganini qayd etdi.

 

Viloyat yiliga 280 ming tonna paxta, 530 ming tonna g‘alla va 2,5 million tonna meva-sabzavot yetishtiradi.

 

Shu bilan birga, Andijonda hali ishga solinmagan imkoniyatlar va salohiyat juda katta ekani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Viloyatda 35 ta transformator katta yuklama bilan ishlayotgani, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida elektr taʼminotidagi uzilishlar ko‘paygani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Shu bois Shahrixondagi podstansiyadan 23 kilometr elektr tarmog‘ini tortib, 2 ta yangi podstansiya qurish topshirildi.

 

Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Asakada 150 megavatt, kelasi yili 100 megavatt elektr saqlash tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan, Andijon tumanida jami quvvati 400 megavatt bo‘lgan quyosh stansiyalari qurilishi boshlanadi.

 

Ikki yilda 3 ta kichik va mikro GES qurilishini yakunlash, hindistonlik hamkorlar bilan “Shahrixonsoy” kanalida kinetik turbinali 2 ta mikro GESni ishga tushirish muhimligi taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijon tumanida organik chiqindidan 100 ming tonna o‘g‘it chiqaradigan zavod quriladi | Zamon.uz