Stoltenberg: Ukraina endi NATO aʼzoligiga har qachongidan ham yaqinroq
NATO Ukrainaga yana bir millionta dron, F-16 qiruvchi samolyotlari va havo hujumidan mudofaa uskunalari uchun butlovchi qismlar yetkazib bermoqchi.

NATO ittifoqchilari Ukrainaga bir millionta dron yetkazib bermoqchi. Bu haqda Bryusseldagi NATO mudofaa vazirlarining yig‘ilishida eʼlon qilindi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumanida «NATO Moskvada bizning barcha ittifoqchilarimizni himoya qilish majburiyatimizga shubha qilishiga o‘rin yo‘qligini taʼminlashda davom etmoqda», dedi.
Uning eslatishicha, ikki yillik keng ko‘lamli urush davomida AQSH Ukrainaga harbiy, moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rinishida qariyb 75 milliard dollar ajratgan. Yana 100 milliard dollar NATO boshqa ittifoqchilari va hamkorlari tomonidan taqdim etilgan. Stoltenberg taʼkidlaganidek, mudofaa vazirlari yig‘ilishda yangi yordam paketlari bo‘yicha kelishib oldi. Unda millionta drondan tashqari, F-16 qiruvchi samolyotlari va havo hujumidan mudofaa uskunalari uchun butlovchi qismlar bor.
NATO, shuningdek, Polshada o‘quv markazini tashkil qiladi. U yerda NATO harbiylari ukrainaliklar bilan birga mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Ukraina qachon NATO aʼzo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga Stoltenberg «Ukraina endi NATO aʼzoligiga har qachongidan ham yaqinroq», deb javob berdi.







