Talabalar uchun yangi stipendiya joriy qilinmoqda
U yangi o‘quv yilidan boshlab berila boshlaydi.

Talabalar uchun “Uzbekistan Airports” AJ stipendiyasi joriy etilmoqda. Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat transport universitetining “Aviatsiya transporti muhandisligi” fakulteti yuqori bosqich talabalari uchun “Uzbekistan Airports” AJ stipendiyasi joriy etiladi.







