Tojikiston IIV: tojik-afg‘on chegarasida haqiqatan ham terrorchilar bor
Biroq chegaradagi ekstremistlarning aniq soni nomaʼlumligicha qolmoqda. Bu guruhlar Tojikiston milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

Bundan tashqari, 2015 yildan buyon Tojikistonning 2 mingdan ortiq fuqarosi mustaqil ravishda respublikaga qaytib kelib, terrorchilik va ekstremistik guruhlarda qatnashgani uchun afv etishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29 avgustdan 30 avgustga o‘tar kechasi Tojikiston hududida davlat Mustaqilligi kuni arafasida tojik-afg‘on chegarasini buzib, Tojikiston hududiga kirib kelgan uch nafar terrorchi respublika maxsus xizmatlari tomonidan yo‘q qilingandi. Ikkki davlat o‘rtasidagi chegarada bu kabi holatlar tez-tez kuzatiladi.







