XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida O‘zbekistonda qanday musiqa asboblari yaratilgan?
Ular daraxtlar, ot yoli va hatto echki ichagidan yasalgani ham aytilmoqda.

XIX asrning oxirlari – XX asrning boshlarida O‘zbekistondagi musiqa asboblari turlicha edi.
Qizig'i, musiqachilarning ham xuddi hunarmandlar singari o‘z tartib-qoidalari bo‘lgan. Musiqiy asboblar aksariyat tut, o‘rik va yong‘oq daraxtlaridan tayyorlangan.
Ularda mis, bronza va jez ham qo‘llanilgan. Musiqiy soz torlarini yasashda ipak iplar, ot yoli, shuningdek, quritilgan qo‘y yoki echki ichagidan ham foydalanishgan.
Musiqiy sozlarning bezaklariga alohida e’tibor qilingan: ularga o‘yma naqshlar solinishi barobarida, turli yog‘och parchalaridan bezaklar tushirilgan.







