O'zbekiston

Bosh miya saratoni davosi topildi

Britaniyalik olimlar bu bo‘yicha tadqiqot olib bordi.

Bosh miya saratoni davosi topildi

 

Glioblastoma — bosh miya saratonining eng agressiv shakllaridan biri. Ushbu xastalik har yili dunyoda 250-300 ming nafar kishida aniqlanadi. Achinarlisi, aksariyat hollarda tashxis qo‘yilgach, bemor bor-yo‘g‘i, 1 oydan 18 oygacha umr ko‘radi.

 

Bugungi kunda olimlar Glioblastoma rivojlanishining oldini olish va saraton hujayralarining davo muolajalariga rezistentligiga qarshi kurashish usullarini yaratish ustida ish olib bormoqda.

 

Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot bosh miya agressiv saratonini davolash samaradorligini oshirish va ushbu xastalikka chalingan bemorlarning umrini uzaytirishga yordam berishi mumkin.

 

Terapevtik muolajalarning taʼsirini yaxshilay oladigan, hali yetarlicha o‘rganilmagan oqsillar ko‘p. PANK4 shular jumlasidan. Tadqiqot davomida ushbu oqsil glioblastomani davolashda kimyoviy terapiyaning saraton hujayralariga taʼsirini bloklashi maʼlum bo‘ldi.

 

Shu sababdan ham PANK4 oqsilining miqdori ko‘p bo‘lgan bemorlarda tirik qolish ko‘rsatkichi pastroq bo‘lgan.

 

Universitet olimlarining taʼkidlashicha, ushbu oqsil olib tashlansa, glioblastomani davolashda qo‘llaniladigan kimyoterapiya preparati saraton hujayralariga yaxshiroq taʼsir qiladi.

 

Odatda o‘simta olib tashlangandan keyin glioblastomaga chalingan bemor nur terapiyasi va kimyoterapiya preparati — temozolomid yordamida davolanadi. Inson organizmi mazkur dori vositasini avvaliga yaxshi qabul qilishiga qaramasdan, saraton hujayralari qisqa vaqt ichida unga qarshi rezistenlikni hosil qiladi.

 

Universitet olimlaridan tashkil topgan tadqiqot guruhi kelajakda ana shu kashfiyot asosida xastalikni davolash uchun yangi preparatlarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bosh miya saratoni davosi topildi | Zamon.uz