Metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilmoqda
Vazirlik isteʼmolchilardan tejamkorlikka rioya etishni so‘ramoqda.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika hududlarida havo haroratining pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilyapti.
Shuni inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida respublikadagi barcha Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.
AGTKSHlar faoliyatiga kiritilgan cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin “zapravka”larga avtobenzin mahsulotlarini qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib berilishi taʼminlanadi.







