Uchta viloyat elektr taʼminotidan uzilib qoldi
Maʼlumotlarga ko‘ra, ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.

Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, kuchli shamol natijasida ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida:
➖Samarqand viloyatining Samarqand, Pasdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlari isteʼmolchilari qisman (35 000 ta),
➖Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlari isteʼmolchilari qisman (15 000 ta);
➖Jizzax viloyatining Baxmal tumani isteʼmolchilari qisman (700 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi.







